Andijonda bojxona xodimi fuqaroni kaltakladi(mi?) (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bojxona xodimi fuqaroni urgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Bojxona boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videoda tasvirlangan va kecha, 9 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur holat aslida joriy yilning 14 iyun kuni sodir bo‘lgan.

Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, fuqaro M.A. “Do‘stlik” chegara bojxona postida xizmat olib borayotgan xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, ularning xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng, bojxona xodimlari tomonidan fuqaroga  tushuntirish ishlari olib borilgan.

“Bojxona xodimlari tomonidan fuqaroga uning xatti-harakatlari amaldagi qonunchilik talablariga zid ekanligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Qolaversa, belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni IIB xodimi Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi tibbiyot birlashmasiga olib kelingan mast erkakka qo‘pol xatti-harakatlar bilan qo‘lini kishanlagani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik mazkur xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon kaltaklash Bojxona boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing