Andijonda bitiruvchilar avtomobil eshigiga o‘tirib, tomosha ko‘rsatdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil oynasidan boshini chiqarib, yo‘l harakatai xavfsizligi qoidalarini buzgan maktab bitiruvchilarining videosi tarqaldi. O‘zbekiston IIV YHXBB ushbu videoga munoabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 25 may kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Yuqori” MFY hududida sodir bo‘lgan. Ushbu hududda xizmat olib borgan YPX xodimi O.Ortiqov tomonidan jami 5 ta Lacetti va 1 ta Nexia-3 rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Avtomobillar haydovchilariga nisbatan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng, qoidabuzarlik sodir etgan 11-sinf bitiruvchilarining ota-onalari, maktab direktori va sinf rahbarlari o‘rtasida muhokama o‘tkazilib tegishli choralar belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing