Andijonda bir guruh shaxslar fuqaroning kiyimsiz videosini tarqatib yubordi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida fuqaroni yalang‘och holda videotasvirga olib, uni tarqatib yuborgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 avgust kuni Telegram messenjerida fuqaroga uyatsiz mazmunidagi xabarlarni yozib, uni aldov yo‘li bilan Shahrixon tumani hududiga tungi vaqtda chaqirishgan. Ular ushbu shaxsni kiyimsiz holatda videotasvirga olib, tovlamachilik sodir etgan. IIB xodimlari ularni qo‘lga olgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon tovlamachilik

Baholaganlar

821

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing