Andijonda bir guruh qimorbozlar ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida bir guruh shaxslar jamlanib, qimor o‘ynayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 24 yanvar kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Shahrixon tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z yashash xonadonida bir guruh shaxslarni jamlab, ularga moddiy manfaat evaziga tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari o‘tkazish uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Tezkor tadbir jarayonida davrada bo‘lgan jami 10 mln 254 ming so‘m  naqd pul mablag‘lari, shuningdek, 400 AQSH dollari, o‘yin tashkilotchisiga berish uchun tayyorlab qo‘yilgan 170 ming so‘m cho‘tal pullari hamda 36 dona o‘yin kartalari daliliy ashyo sifatida bayonnoma asosida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoiyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 75 yoshli fuqaroning uyidan 20 kg “marixuana” giyohvand moddasi chiqqanligi haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Andijon qimorbozlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing