Andijonda aholi mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ydimi? Hokimlik izoh berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida mahalliy aholi mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ygani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar hokimligi ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat kecha, 21 yanvar kuni Andijon shahar “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘inida tasvirga olingan bo‘lib, videolavhada go‘yoki insonlar tomonidan yo‘l to‘sib qo‘yilgandek sharh berilgan.

Biroq hokimlik ushbu mahalla temir yo‘l vokzali yaqinida joylashgan bo‘lib, yo‘lning to‘silishi aslida yo‘l o‘tkazgich qurilishi bilan bog‘liq ekanini aytmoqda. Lavhadagi fuqarolar esa elektr energiyasida ro‘y bergan nosozlik sabab mutasaddilar bilan suhbatlashishga yig‘ilgan. 

Hokimlikning qayd etishicha,  videolavha tarqalishidan 30 daqiqa oldin, mahallada elektr nosozligi bartaraf etilishi boshlangan. 

“Yaqin soatlar ichida ta’minot tiklanadi. Yo‘l qurilish ishlari esa loyiha bo‘yicha davom etadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahrida aholi elektr energiya yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing