Andijonda 3 ta uy portladimi? Holatga izoh berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanida 3 ta uy portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy izoh berdi.

Bugun, 6 fevral kuni Andijon tumani, “Gumbaz” mahallasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inga tuman FVB rahbar xodimlari hamda 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:32 da yetib borib, yong‘in soat 14:50 da o‘chirilgan.

Yong‘inda uyning taxminan 50 kvadrat metr maydonida tomi va shift qismi yongan. Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani Hakan qishlog‘ida 3 ta uy portladi degan gap rad etiladi, voqea joyida portlash ro‘y bermagan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahar 1-kichik dahada joylashgan 24-uy 50-xonadonda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing