Andijonda 18 yoshli xavfli retsidivist qo‘lga olindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijonda zargarlik do‘konidan bir necha 10 millionli tovarlarni o‘g‘irlagan 18 yoshli retsidivist qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 noyabrdan 22 noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Andijon shahri Boburshoh ko‘chasida joylashgan 45 yoshli I.S.ga tegishli tilla va kumush buyumlar sotiladigan do‘konga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. U mazkur do‘kondan 70.000.000 so‘mlik kumush buyumlarni, 150 AQSH dollariga teng bo‘lgan choyshablar, tarozi, kassa apparati, terminal va bir dona qora rangli “barsetka”ni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Departamentning ta’kidlashicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam bir necha marotaba sudlangan xavfli retsidivist bo‘lmish 18 yoshli I.M. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u, gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'rilik

Baholaganlar

737

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing