Andijonda haydovchilar pochta talashib janjallashdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi avtoshox bekatda haydovchilar pochta talashib janjallashgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni soat 15:35 larda Andijon shahri O‘zbegim, mahallasi, Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Avtoshox bekat” hududida, Andijon-Qo‘qon yo‘nalishida aholiga pullik xizmat ko‘rsatuvchi xaydovchilar – Asaka tumanida yashovchi 33 yoshli A.X. unga tanish bo‘lgan 32 yoshli Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi O.X. bilan o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjallashgan. Ushbu janjalda boshqa fuqarolarga hech qanday zarar yetmagan.
           
Bildirilishicha, mazkur xolat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, fuqaro O.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida bog‘ga qo‘y kirishi sababli sodir bo‘lgan kelishmovchilik ortidan 38 yoshli erkak tosh bilan urib o‘ldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon pochta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing