Farg‘onada bog‘ga qo‘y kirishi ortidan qotillik sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 5 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida bog‘ga qo‘y kirishi sababli sodir bo‘lgan kelishmovchilik ortidan 38 yoshli erkak tosh bilan urib o‘ldirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga marhumning yaqinlari xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani “Qorayozbobo” MFYga qarashli Mallaxon qishlog‘ida 1987 yilda tug‘ilgan Z.M. bog‘idan xabar olishga chiqqan. U yerda qo‘shnisining qo‘yi daraxtlarni sindiryotganini ko‘rib qolgan va buning ortidan kelishmovchilik chiqqan. Shunda 1985 yilda tug‘ilgan qo‘shnisi A.H. tosh bilan Z.M. ning orqa miyasiga, yuzi va bosh qismlariga urgan. Manbaga ko‘ra, marhumning 5 nafar farzandi bor.

QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan bog‘landi. Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida xotini, qaynotasi hamda qaynonasini yuk mashinasida bosib ketib, ularni vahshiylarcha o‘ldirgan erkak umrbodga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona O'zbekiston tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing