Qaynonasi, qaynotasi va xotinini yuk mashinasida bosib ketgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida xotini, qaynotasi hamda qaynonasini yuk mashinasida bosib ketib, ularni vahshiylarcha o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 2025 yilning mart oyida ro‘y bergan. Voqea oiladagi kelishmovchiliklar sababli er va xotinning ajrashishi ortidan boshlangan. Kuyov uch kishini bosib ketgan bo‘lsa-da, yana mashinasida qayrilib, ikkinchi marta qaynotasi, qaynonasi hamda xotinining ustiga yuk mashinasini haydagan. Yurishga imkoni bo‘lmagan qaynotasini hassa-tayoqqa suyanib turganini ko‘rsa-da, unga ham rahm qilmagan.

Kuyov ularning haqiqatdan ham o‘lganiga ishonch hosil qilish maqsadida mashinadan tushib, ularning oldiga borgan va qo‘liga pichoq olib, chalajon holatda yotgan xotinini pichoqlagan.

Aniqlik kiritilishicha, mazkur janjalli vaziyatga uy-joy masalasi sabab bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi kuyovni Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) ikkinchi qismi va 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) ikkinchi qismi “a”, “v”, “d”, “j” bandlari bilan aybli deb topdi va uni umrbod muddatga ozodlikdan mahrum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Navoiy yuk mashinasi qasddan odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing