Andijon hokimi qizining tug‘ilgan kunini dabdabali nishonladi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida katta bazm vaqtida olingan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu tasvir 16 avgust kuni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovni qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan ziyofatda olingan.

Hokim qizi 19 yoshga to‘lishini dabdaba bilan nishonlagan. Oilaviy marosimda o‘zbek estradasining mashhur vakili Munisa Rizayeva qo‘shiq kuylagan.

Manbalarning xabar berishicha, hokimning qiziga tug‘ilgan kunida Gentra avtomobili sovg‘a qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 avgustdan karantin cheklovlari yumshatildi. Jumladan, 30 kishilik to‘y va oilaviy tadbirlar o‘tkazishga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat Abdurahmonov tug'ilgan kun

Baholaganlar

4856

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing