Anchelotti nimadan norozi?

Sport

image

Ispaniyaning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madrid klubining transfer siyosatidan norozi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassisning asosiy talabi klubdan ketgan hujumchi Karim Benzema o‘rniga yangi top-hujumchi bilan shartnoma imzolash bo‘lgan. Anchelottining talabi klub rahbariyati tomonidan haligacha qanoatlantirilmagani uchun mutaxassisning yaqinlari uni iste’foga chiqishini xohlayapti, biroq Anchelotti “qirollik klubi”ni tark etish niyatida emas. Rahbariyat esa hamon Kilian Mbappeni Madridga olib kelish ustida bosh qotirmoqda.

Qayd etilishicha, Anchelotti Mbappe 2023/24 yilgi mavsumni “Real”da o‘tkazishini unchalik xohlamayapti.

Ma’lumot uchun, Anchelotti 2021 yilning yozida “Real”da bosh murabbiylik lavozimini qabul qilib olgan edi. U “Everton”ni tark etgach, Madridga qaytdi. Bungacha mutaxassis 2013-2015 yillarda “qirollik klubi”ni boshqargan.

Ispaniya chempionatining 2022/2023 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra, “Real Madrid” 2-o‘rinni egalladi. Yevropa Chempionlar ligasida jamoa yarim finalga qadar yetib borib, Angliyaning “Manchester Siti” klubiga imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing