Anchelotti bir shart evaziga Madridda olib qolinishi mumkin

Sport

image

“Real Madrid” jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Karlo Anchelottiga ishonishda davom etmoqda va hozirda uni iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti, ammo “qaymoqranglilar”ning natijalari Anchelottining klubdagi kelajagida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar “qirollik klubi” joriy mavsum yakunida Ispaniya chempionati yoki Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, italiyalik mutaxassis 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomasi yakuniga qadar Madridda qoladi. Agar bu musobaqalarda jamoa muvaffaqiyat qozonmasa, Anchelotti katta ehtimol bilan iste’foga chiqariladi.

Anchadan buyon Anchelottining o‘rniga asosiy nomzod sifatida hozirda “Bayer”da muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan “Real”ning sobiq futbolchisi Xabi ko‘rilmoqda. 

Ma’lumot uchun, La Liganing 23-turidan keyin “Real Madrid” 50 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Jamoa YeCHL pley-off bosqichining dastlabki o‘yinida safarda “Manchester Siti”ni 3:2 hisobida taslim etdi. 20 fevralga o‘tar kechasi qaymoqranglilar shaharliklarga qarshi o‘z uyida javob o‘yinini o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing