Ronaldo Anchelottini Braziliya termasiga olib kelmoqchi
Sport
−
08 fevral 3931 1 daqiqa
“Real” va “Milan”ning sobiq hujumchisi Ronaldo italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi tarafdori. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldo 2026 yilning mart oyida Braziliya futbol federatsiyasi prezidentligi uchun o‘z nomzodini qo‘yish niyatida. Sobiq hujumchi saylansa, o‘zi bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lgan Anchelottini terma jamoaga taklif qilmoqchi.
Ayni paytda tomonlar o‘rtasida hech qanday aloqa bo‘lmagan,biroq Ronaldoning maqsadi Anchelottining “Real”dagi faoliyatini tugatib, Braziliya terma jamoasiga olib kelish emas. 65 yoshli mutaxassis “Qirollik klubi”dan haydalsa yoki u bilan shartnomasi tugasa, Braziliya terma jamoasiga taklif qilinishi kutilmoqda. Anchelottining “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Live
Barchasi