“Real” 2 ta transfer oynasida ham faol bo‘ladi
Sport
−
07 noyabr 2024
1665“Real Madrid” markaziy va o‘ng qanot himoyachisini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda futbol jurnalist Fabritsio Romano YouTube kanalidagi podkastida aytdi.
Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” transfer bozorida yanvarda ham, yozda ham faol bo‘ladi. Qishki transfer oynasidagi ustuvor maqsad nomi tilga olinmagan markaziy himoyachi hisoblanadi. “Real”ning yozgi transfer davridagi asosiy maqsadi esa “Liverpul”ning o‘ng qanot himoyachisi, ingliz futbolchisi Trent Aleksander-Arnold hisoblanadi.
Hozirda “Real” Anchelotti jamoaning natijalarini yaxshilamasa, uni istefoga chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Italiyalik mutaxassis o‘rniga asosiy nomzod “Bayer” ustozi Xabi Alonso sifatida ko‘rilmoqda.
Madridning “Real” klubi ayni damda Yevropa Chempionlar ligasi turnir jadvalida to‘rt turdan keyin 6 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. Shu bilan birga, Ispaniya chempionatida “qirollik klubi” 11 uchrashuvdan so‘ng 24 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda, peshqadam “Barselona”dan 9 ochko ortda qolmoqda.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar