Anchelotti hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi

Sport

image

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemni hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini ma’lum qildi. 

“Yangi madaniyatga, yangi tilga moslashishi kerakligini inobatga olsak, u juda yaxshi ishlamoqda... U shubhasiz, dunyoning eng yaxshi futbolchisi”, deydi Anchelotti. 

Ma’lumot uchun, Jud Bellingem o‘tgan yozda “Borussiya Dortmund”dan “Real”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda La Liganing 17 ta uchrashuvida 20 yoshli yarim himoyachi 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Ayni damda Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan 19 ta o‘yindan so‘ng, “Real” 48 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ichki chempionatning navbatdagi uchrashuvida Karlo Anchelotti shogirdlari “Almeriya”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing