Amurdagi zavodda chiqqan yong‘inda o‘zbekistonliklar jabrlanganmi?

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Amur viloyatidagi yuzlab o‘zbekistonliklar ishlovchi gazni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur yong‘in yuzasidan munosabat bildirdi.

Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodida yuz bergan portlash va uning oqibatida yuzaga kelgan yong‘in yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.

Huquq tartibot idoralari taqdim etgan dastalbki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojia oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yo‘q.

Ma’lumot uchun, Amur gazni qayta ishlash zavodidagi yong‘in yuzasidan prokuratura tekshiruv boshlagan. Holatga nima sabab bo‘lgani o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Amur

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar