Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus dahshatli YTHga uchradi
3-sahifa
−
17 Oktabr 2025 16906 1 daqiqa
Kecha, 16 oktyabr kuni Rossiyaning Amur viloyatida O‘zbekiston, Turkiya va Tojikiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Amur viloyati bo‘yicha boshqarmasiga tayanib, TASS xabar berdi.
.jpg)
Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Svobodniy shahriga olib boruvchi yo‘lning 19-kilometrida yuz bergan. Toyota Probox rusumli yengil avtomobil ishchilarning avtobusi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng avtobus yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilgan. Avtobusdagi barcha yo‘lovchilar Turkiyaning Yamata kompaniyasi ishchilari, asosan, Turkiya fuqarolari, shuningdek, tojikistonlik va o‘zbekistonlik migrantlar bo‘lgan.
%20copy(15).jpg)
YTH oqibatida avtobusdagi 49 kishidan 1 nafari halok bo‘lgan, 14 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan 13 nafari o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar bilan travmatologiya bo‘limiga, yana biri og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.
Hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi 1-qismi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ish yoki xizmatlarni bajarish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Arxangelsk shahrida qurilish ishlari davomida baxtsiz hodisa sababli vafot etgandi.
Live
Barchasi