Amurda vertolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor
Olam
−
21 fevral 3886 1 daqiqa
Rossiyaining Amur viloyatida vertolyot qulab tushdi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Ushbu holat aviatsiya fojiasi sifatida tasniflandi. Bu haqda Rosaviatsiya xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 20 fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Amur viloyati bo‘yicha boshqarmasi Amaranka yaqinida Robinson R44 rusumli vertolyot yo‘qolgani haqida xabar bergan. Bugun, 21 fevral kuni ertalab qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida havo kemasining qulagan joyi va uch nafar qurbonning jasadi topilgan.
Halok bo‘lganlar orasida vertolyot uchuvchisi, Tergov qo‘mitasi tergovchisi va politsiya xodimasi bor. Ular yog‘och kesish korxonasi xodimi halok bo‘lgan joydan qaytib kelayotgan bo‘lgan. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 19 fevral kuni yo‘qolgan xususiy Robinson R44 vertolyoti Rosaviatsiya qidiruv-qutqaruv havo kemasi ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida Romnenskiy tumanining o‘rmonli hududida topilgan. Voqea aviatsiya fojiasi sifatida baholangan.
Hodisani tekshirish ishlarini Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi Uzoq Sharq mintaqalararo hududiy boshqarmasi Rosaviatsiya ishtirokida olib boradi. Tergovdan maqsad – fojia sabablarini aniqlash va kelgusida bunday holatlarning oldini olish choralarini ishlab chiqish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning Hamadon viloyatidagi mashg‘ulot paytida harbiy samolyot halokatga uchragan edi. Voqea oqibatida samolyot uchuvchilaridan biri halok bo‘lgan.
Live
Barchasi