Amudaryo tumanida qariyb 612 mln so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
17 noyabr 2023
4288Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanidagi fermer xo‘jaligi 611,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Unda “S.D.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari xo‘jalik suv nasoslarini elektr tarmoqlari korxonasidan ro‘yxatdan o‘tmagan elektr hisoblagich orqali ulab, jami 611,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Navoiy viloyatining bir nechta tumanida tabiiy resurs tarmoqlarini noqonuniy ulab olib, o‘g‘rilik sodir qilgan shaxslar aniqlangan edi.
LiveBarchasi