Buxoroda tarqalgan mishmish – Amudaryo haqiqatan toshishi mumkinmi?

Jamiyat

image
Har kuni o‘lim bilan kurashgandik – Shavkat Mirziyoyev Kogondagi portlashlarni yodga oldi north_east

Har kuni o‘lim bilan kurashgandik – Shavkat Mirziyoyev Kogondagi portlashlarni yodga oldi

Joriy yilning 27 aprel kuni Turkmanistondan kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqandda infratuzilma ob’ektlari va aholi xonadonlariga zarar yetkazdi. Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlari tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar bo‘ldi.

Tabiiy ofatdan keyin qator energetika ob’ektlarining ishdan chiqishi oqibatida Amudaryodagi nasoslar ishlamay qolgani uchun kuchli suv toshqini bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Buning ortidan Qorako‘l aholisi Zamonbobo qiriga chiqib ketdi. Ammo keyinroq Buxoro viloyati hokimligi u suv toshiqini haqidagi xabarlarni rad qildi va odamlar uylariga qaytdi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hozirgi kunda Amudaryoda suv toshqini yuz berishi ehtimoliga aniqlik kiritdi.

Unga ko‘ra, Amudaryoning O‘zbekiston hududiga kirib keladigan nuqtasidagi Termiz suv o‘lchash postida hozirda o‘rtacha 1300 m3/sek. suv oqib o‘tmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘rtacha ko‘p yillik me’yorga nisbatan 3–4 baravarga kamdir. Shuningdek, Amudaryoning Buxoro viloyatiga suv olish hududida joylashgan Atamirat suv o‘lchash postida ham bugungi kunda o‘rtacha 805 m3/sek. suv oqib o‘tayotgan bo‘lib, ko‘p yillik me’yorga nisbatan 4 baravarga kamdir.

Amudaryoning asosiy irmog‘i bo‘lgan Vaxsh daryosida joylashgan Tojikistonning Nurek suv ombori umumiy hajmi 10,5 mlrd. m3 bo‘lib, bugungi kunda mazkur suv omborida suv hajmi bor-yo‘g‘i 6,2 mlrd. m3 ni tashkil etadi yoki suv omborda suv zaxirasi deyarli qolmagan (suv omborining o‘lik suv hajmi 6,0 mlrd. m3).

“O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev Amudaryodagi suv resurslariga bog‘liq vaziyatni Tojikiston Respublikasi Suv va energetika vaziri Usmonali Usmonzoda bilan telefon orqali muhokama qilgan. Tojikistonlik vazir suhbat davomida Amudaryoda hech qanday toshqin bo‘lishi mumkin esmasligi va bunga biror-bir omil yo‘qligini ta’kidlagan.

Shundan ko‘rinib turibdiki, Amudaryoda suv ko‘payishi kuzatilayotgani yo‘q va bunga hech qanday sabab ham mavjud emas”, deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan tashqari, Kaspiy dengizida suv toshqini bo‘lib, O‘zbekiston hududiga, shu jumladan, Olot va Qorako‘l tumanlarigacha yetib kelishi borasida tarqalgan mishmishlar mutlaqo asossizdir. Chunki xalqaro sathlar shkalasiga (Boltiq tizimiga) nisbatan Kaspiy dengizining suv sathi 27 metr pastda, Olot va Qorako‘l tumanlarining yer sathi esa o‘rtacha 190 metr yuqorida joylashgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Kaspiy dengizining suv sathi Olot va Qorako‘l tumanlari yer sathidan o‘rtacha 217 metr pastda hamda 950 km uzoqlikda joylashgan.

“Suv xo‘jaligi vazirligi xalqimizga shuni katta ishonch bilan ta’kidlaydiki, Amudaryoda, qolaversa, Olot va Qorako‘l tumanlarida hech qanday suv toshqini kuzatilmayapti va hozirgi sharoitda buning aslo ehtimoli ham mavjud emas.

Shu sababli halqimizni turli mishmishlarga va asossiz xabarlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz”, deya yakunlangan vazirlik axboroti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroda tabiiy ofat oqibatlari bilan tanishish uchun shaxsan viloyatga borib, Olot va Qorako‘l tumanlarini vertolyotda aylanib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro tabiiy ofat

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing