Sudni sudga bergan sobiq sud xodimi sud ustidan g‘alaba qildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Buxoro viloyatidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlaridan birining sobiq devonxona mudiri xuddi shu sud ustidan da’vo arizasi kiritgani, arizada mehnat daftarchasi berilishining kechiktirilgan davri uchun ish haqi hamda yetkazilgan ma’naviy zarar uchun pul undirib berilishini so‘ragandi. 25 mart kuni Buxoro tumanlararo sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Da’vogar 2018 yil 8 fevral kunidan 2023 yil 17 iyuliga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining devonxona mudiri vazifasida ishlagan. 2023 yilning 17 fevral kuni sud raisining tegishli buyrug‘iga binoan ishdan bo‘shatilgan va mehnat shartnomasi bekor qilingan. Javobgar tomoni, ya’ni tuman sudi sobiq xodimning mehnat daftarchasini 2024 yilning 5 yanvariga qadar, 5 oy-u 17 kun hech qanday sabablarsiz, asossiz ravishda bermasdan kelgan.

Sud qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash Departamenti Buxoro viloyati hududiy bo‘limidan sobiq sud xodimi foydasiga 52 mln so‘m ish haqi, shuningdek, ma’naviy zarar uchun 4 mln so‘m undirish belgilangan. Bundan tashqari, sud qarorida bo‘limdan davlat foydasiga qariyb 2 mln 800 ming so‘m davlat boji undirilishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing