Buxoroda Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘m qimmatiga quvur sotib oldi
3-sahifa
−
23 aprel
4494Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari polietilen quvurlarini qimmat narxlarda xarid qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. G‘ijduvon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda “B.K.” MCHJdan 5,7 milliard so‘mlik polietilen quvurlarini haqiqiy bahosidan qimmat narxlarda xarid qilib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi