“Amirsoy”ga olib boruvchi yo‘lda ko‘chki yuz berdi
Jamiyat
−
15 mart 2022
5159Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘lda tuproq ko‘chishi yuz berdi. Bu haqda Bo‘stonliq tumani hokimligi xabar berdi.
“Ayni damda me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishi natijasida "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lida tuproq ko‘chishi sodir bo‘lib yo‘l qatnov qismida harakat vaqtichalik to‘xtatildi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Qayd etilishicha, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan vujudga kelgan noqulayliklar zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mart oyi oxirida “Amirsoy” kurortiga olib boruvchi yo‘lda asfalt qatlami yorilib ketgandi.