Nepaldagi kuchli ko‘chki qurbonlari soni 1127 nafarga yetdi

Olam

image

Nepalda yuz bergan kuchli ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 1127 nafarga yetdi. Bu haqda Nepal politsiyasi ma’lumotlariga tayanib, Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.

Bundan avval tabiiy ofat oqibatida 987 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda 4500 kishi hali ham bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 26 avgust kuni Nepalning shimoliy qismida kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat Xitoy bilan chegara yaqinida, Rasuvagadi chegara punktidan taxminan 20 kilometr shimoli-sharqda yuz bergan ko‘chki oqibatida kelib chiqqan.

Tosh va loy oqimi daryo o‘zani bo‘ylab yuqori tezlikda 70 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan. Oqibatda bir qator aholi punktlari vayron bo‘lib, katta hududlar suv ostida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nepalning Nuvakot tumanidagi o‘rta maktab direktori Rajendra Davadi halokatli sel oqimidan o‘z maktabining 900 nafar o‘quvchisini qutqarib qolgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing