Amerikani larzaga keltirgan Jorj Floydning o‘limi sababi aytildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘tgan yilning may oyida politsiya tomonidan o‘ldirilgan afroamerikalik Jorj Floydning vafotiga jiddiy yurak xastaligi sabab bo‘lgan. Bu haqda sud-tibbiyot olimi Endryu Beyker kecha, 9 aprel kuni o‘tkazilgan sudda ma’lum qilgan.  

Beykerning ta’kidlashicha, Floyd huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uni hibsga olishga urinayotganda bo‘ynini qisib olishi natijasida yurak-o‘pka yetishmovchiligi yuzaga kelgan va shu sabab vafot etgan. 

Qolaversa, mutaxassis o‘z ma’ruzasida, Floydning arteriosklerotik va gipertenziv yurak xastaligiga duchor bo‘lganini va u o‘limidan sal oldin metamfetamindan foydalanganini ta’kidlagan. 

Sud jarayonida Beyker afroamerikalik og‘ir yurak kasalligidan vafot etganini ma’lum qilgan. Mojaro paytida adrenalin yurak urishini tezlashtirgan, bu esa ko‘proq kislorod talab qilgan. 

Avvalroq, AQSHning Minnesota shtatidagi Minneapolis shahri rasmiylari Jorj Floydning oilasiga 27 million dollar to‘lab berishi haqida xabar bergan edik.  

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil 25 may kuni Minneapolisda 46 yoshli amerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan o‘ldirilgan. Internetda politsiyachi Floydning bo‘yniga tizzasini bosgan va u nafas ololmayotganini takrorlagan videorolik ko‘plab amerikaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgan. Politsiya shafqatsizligiga qarshi norozilik namoyishlari Minneapolisni, keyin Amerikaning boshqa shaharlarini qamrab olgan va hatto, AQSH tashqarisiga ham tarqalgan. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari tartibsizliklarga, buzg‘unchilik harakatlariga, do‘konlarni yoqish va talon-toroj qilishga, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika Jorj Floyd

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing