Amerikalik harbiy Baydenni jonli efirda haqoratladi
Olam
−
25 dekabr 2021
23139Amerikalik harbiylar Rojdestvo bilan tabrik chog‘ida mamlakat Prezidenti Jo Baydenni haqorat qildi, biroq davlat rahbari buni sezmadi. Bu haqda “The New York Post” gazetasi yozmoqda.
Hodisa Shimoliy Amerika Aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi a’zosi bilan an’anaviy telefon qo‘ng‘irog‘i paytida sodir bo‘lgan. Suhbat yakunida suhbatdosh Amerika yetakchisi tanqidchilarining sevimli shioridan foydalanib, Bayden va uning rafiqasini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklagan.
“Rojdestvo bayrami bilan va olg‘a, Brendon”, degan u, shundan so‘ng Oq uy rahbarining o‘zi ham “olg‘a, Brendon” iborasini takrorlagan.
Bu shior joriy yilning oktyabr oyida Alabamadagi NASCAR poygalaridan keyin paydo bo‘lgan. G‘olib Brendon Braun NBC Sports muxbiri bilan suhbatlashganida, olomon uning ortidan hayqiriqlar aytgan. Jurnalist ular sportchini qo‘llab-quvvatlash uchun “olg‘a, Brendon” deb qichqirayotganini taxmin qilgan, biroq aslida bu Baydenga qaratilgan haqoratli ibora bo‘lgan. O‘shandan beri bu ibora Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti nomiga aytilgan la’natning senzura versiyasi sifatida ishlatiladi.