Amerikada marshmello yomg‘iri yog‘di (video)
Olam
−
04 aprel 8904 2 daqiqa
Bugun, 4 aprel kuni AQSHning Michigan shtatida joylashgan Veyn parkida bolalar va ularning ota-onalari uchun Detrit shahri meriyasi tomonidan “shirin mo‘’jiza” tashkil qilindi. Bu haqda “Spectrum News” xabar berdi.
4 aprel tongida Michigandagi Veyn parkida minglab ota-onalar bolalari bilan noodatiy xodisa guvohi bo‘lish uchun to‘planishdi. Detroit shahar meriyasi tomonidan shahardagi markaziy bog‘da ananaviy shirinliklar festevali tashkil etildi. Tadbir yakunida noodatiy xodisa ro‘y berdi. Vertolyotda park hududi bo‘ylab yopishqoq marshmello yomg‘iri yog‘di. Bu holat parkka tashrif buyurganlarni, ayniqsa bolalarni kayfiyatini ko‘tardi. Park hududida yuzlab bolalar osmondan yog‘ayotgan marshmellolarni terib quvonganlaridan qichqirib poyga o‘ynadi. Vertolyot bog‘ hududi bo‘ylab yarim soat davomida 3 marta aylanib zefir yog‘dirdi. Parkka tashrif buyurganlardan Anna Grote muxbirlarga o‘z taasurotlarini ulashgan.
“Bugun juda ajoyib hodisa ro‘y berdi. Menimcha, bu Pasxa bayrami arafasida bolalar uchun juda ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Men bu tadbirga 10 yoshli o‘g‘lim bilan tashrif buyurdim. Ertalab uning kayfiyati yo‘q edi. U osmondan yog‘gan shirinliklarni ko‘rib juda quvondi. Ko‘rib turganingizdek hozir u boshqa bolalar bilan marshmellolarni terib yemoqda”, deydi mahalliy fuqaro.
Ma’lumot o‘rnida, Michigan shtatida har yili Paxsa bayrami arafasida bolalar uchun ananaviy “shirinliklar festivali” o‘tkaziladi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi