Amerika kosmik kemasi 50 yil ichida birinchi marta Oyga qo‘ndi

Texnologiya

image

Intuitive Machines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IM-1 missiyasining “Odysseus” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy yuzasiga qo‘ndi. Bu haqda Amerika kosmik agentligi NASA ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Odysseus”ning Yerdan uchirilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. U NASA’ning Kanaveral burnidagi Kennedi koinot markazidan ko‘tarilgan. Koinot kemasining Oyga yetib borishi uchun sakkiz kun kerak bo‘ldi.

“Odysseus” qo‘nganidan ko‘p o‘tmay, missiya nazorati oy yuzasidan signallarni olgan. Biroq shundan so‘ng ba’zi aloqa muammolari paydo bo‘lgan. 

“Faqat ikki soatdan keyin Intuitive Machines kosmik kemasi ma’lumotlarni jo‘natishni boshladi", deyiladi NASA xabarda.

Ta’kidlash joizki, “Odysseus” 1972 yilgi Apollon 17 missiyasidan keyin Oyga qo‘ngan birinchi Amerika kosmik kemasi bo‘ldi.

NASA rahbari Bill Nelson “Odysseus” missiyasini insoniyatning g‘alabasi deb atadi.

CNN'ning yozishicha, AQSH kosmik agentligi “Artemis” dasturi doirasida astronavtlarni Oyga yuborishdan oldin, xususiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan robotlar yordamida uni o‘rganishni maqsad qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

NASA kosmik kema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing