Amazon va Apple Twitter'dagi reklamalarini qayta tikladi
Texnologiya
−
05 dekabr 2022
2933Amazon va Apple Twitter'da reklama qilishni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Twitter tomonidan reklama agentliklarining elaktron pochta manziliga xat yuborilgan. Ularga platformada reklama xarajatlarini ko‘paytirish uchun taklif bildirilgan. Ilon Mask Twitter'ni sotib olgach, ko‘plab yirik kompaniyalar ushbu ijtimoiy tarmoqqa reklama berishdan chekindi. Reklama agentliklariga yuborilgan xat Maskning navbatdagi katta biznesini boshlash yo‘lidagi ilk urinishidir.
Reklama beruvchilarga yuborilgan xabarda avvallari 1 millon dollarga tushadigan reklama xarajatlari 500 ming dollarga pasayishi mumkinligi aytilgan. Ya’ni Twitter'da reklama berish xarajatlari arzonlashadi. Bu faqat eng katta reklama beruvchilar uchun rag‘batdir.
“Platformer News” muxbirining yozishicha, Amazon Twitter'da yiliga taxminan 100 million dollarga reklama berishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Biroq “Reuters” agentligiga ushbu masaladan xabardor manbaning aytishicha, Amazon hech qachon Twitter'ga reklama berishni to‘xtatmagan.
“Bloomberg” hisobotiga ko‘ra, Apple Twitter'dagi eng yirik reklama beruvchi hisoblanadi va platformaga Apple'ning reklamalari to‘liq qayta boshlagan.
Ilon Mask Twitter'ni sotib olgach, ishchilarning deyarli 50 foizini ishdan bo‘shatdi. Bu esa yirik reklama beruvchilarni tashvishga soldi. Natijada noyabr oyi oxirida Twitter'ning daromadlari pasaygani ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq Apple bosh direktori Tim Kuk Twitter'ni App Store ilovasidan olib tashlashni rejalashtirmaganiga kompaniya bosh direktori Ilon Maskni ishontirgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi