Apple Maskning qo‘rquvlariga barham berdi

Texnologiya

image

Apple bosh direktori Tim Kuk Twitter’ni App Store ilovasidan olib tashlashni rejalashtirmaganiga kompaniya bosh direktori Ilon Maskni ishontirgan. Bu haqda Kuk kecha, 30 noyabr kuni Mask bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tgan. 

Uchrashuv chog‘ida, boshqa masalalar qatorida, Twitter’ning App Store’dan olib tashlanishi mumkinligi haqidagi tushunmovchilik ham hal qilingan. Tim Apple hech qachon bunday imkoniyatni ko‘rib chiqmaganligini aniq aytgan.

Ilon Maskning o‘zi ham 30 noyabr kuni Tim Kuk bilan uchrashgani va samarali suhbatlashganlarini ma’lum qilgan.

Mask avvalroq Apple Twitter ilovasini App Store’dan olib tashlash bilan tahdid qilgani haqida da’vo bilan chiqqan edi. Bundan tashqari, Mask Apple o‘z platformasida reklama qilishni deyarli to‘xtatganini ta’kidlab, bu kompaniya “so‘z erkinligini yomon ko‘radimi?” degan savolni berdi. 

Shuningdek, dunyoning eng boy odami o‘zining Twitter’dagi sahifasida Apple o‘z foydalanuvchilariga nisbatan barcha senzura holatlarini ommaga e’lon qilishi kerakligi bo‘yicha so‘rovnoma tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tim Kuk Ilon Mask

Baholaganlar

135

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing