Qamashida qurilish mollari zavodi quriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes forumi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Shagazatov hamda “Matanat A” kompaniyasi vitse-prezident Mays Gasimov tomonidan shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, “Matanat A” kompaniyasi tomonidan Qamashi tumaniga 20 million yevrolik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritilib, quruq qurilish aralashmalari, gips buyumlari, gips bloklari va panellari ishlab chiqaradigan  zamonaviy zavod barpo etiladi.

Ta’kidlash joizki, “Matanat A” kompaniyasi sement va gips asosidagi quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mintaqadagi yetakchi tuzilmalaridan biri sanaladi. Ozarbayjonda ekologik toza va zararli bo‘lmagan qurilish materiallarini ishlab chiqarish borasida ilg‘or. 

Kompaniya zamonaviy uskuna va texnologiyalarning innovatsion turlari bilan jihozlangan. Shuningdek, ushbu nufuzli muassasa Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Rossiya va Turkiyada ham qator korxona va zavodlarga egalik qiladi.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston-Ozarbayjon Qamashi Matanat-A

Baholaganlar

38

Reyting

2.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing