Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston rahbari lavozimiga tasdiqlandi
Jamiyat
−
26 avgust 2022 12335 1 daqiqa
Amanbay Tleubayevich Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Amanbay Orinbayev joriy yilning mart oyida Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangandi. Keyinroq, 26 iyulda u vazir lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Avgust oyida Jo‘qorg‘i Kengesidagi bo‘sh qolgan deputatlik o‘rinlariga o‘tkazilgan saylovda Amanbay Orinbayev parlament a’zosi etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdan tashqari sessiyasida parlament raisi Murat Kamalov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Amanbay Tleubayevich Orinbayev nomzodi ko‘rsatildi.
Ma’lumot uchun, Murat Kamalov 2020 yilning oktyabridan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28