Jo‘qorg‘i Kenges raisi Senat a’zosi bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 9 sentyabr kuni Nukus shahri Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirok etdi. 

Saylov to‘g‘ridan to‘g‘ri, teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Amanbay Orinbayev joriy yilning 26 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimini egalladi. 

Ma’lumot uchun, Orinbayevgacha 2020 yilning oktyabridan buyon Murat Kamalov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Amanbay Orinbaev

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing