Mirziyoyev Amanbay Orinbayev nomzodiga rozilik berdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 26 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan 34-navbatdan tashqari sessiyasida Amanbay Orinbayev nomzodi Jo‘qorg‘i Kenges raisi lavozimiga ko‘rib chiqildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Amanbay Orinbayevning rahbarlik qobiliyati, vatanparvarligi va insoniy fazilatlarini, shuningdek, hududni rivojlantirish borasidagi takliflarini hisobga olib, uning nomzodiga o‘z roziligini bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, nomzod haqida fikr bildirgan. 

Shundan so‘ng, Jo‘qorg‘i Kenges raisini saylash masalasi ovozga qo‘yilgan. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan Amanbay Orinbayev bir ovozdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga saylangan.

Prezident Jo‘qorg‘i Kengesning yangi raisiga murojaat qilar ekan, "Amanbay Orinbayev adolat, sadoqat, halollik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilikni o‘z faoliyatining eng muhim mezonlari sifatida belgilab olib, saylangan lavozimida  Qoraqalpog‘iston ahliga sidqidildan xizmat qilishi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashi lozim", degan.

Eslatib o‘tamiz, Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdan tashqari sessiyasida parlament raisi Murat Kamalov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Amanbay Tleubayevich Orinbayev nomzodi ko‘rsatildi.

Ma’lumot uchun, Murat Kamalov 2020 yilning oktyabridan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Amanbay Orinbaev

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing