Qoraqalpog‘istonning sobiq Ichki ishlar vaziri deputat etib saylandi

Jamiyat

−

image

Qoraqalpog‘istonning sobiq Ichki ishlar vaziri Amanbay Tleubayevich Orinbayev respublika Jo‘qorg‘i Kengesidagi bo‘sh qolgan deputatlik o‘rinlariga saylandi. Bu haqda parlament saytida xabar berilgan.

U 56-sonli “Berdaq” saylov okrugidan deputatlikka saylangan.

Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yurityapti. U bu lavozimga 26 iyulda tayinlangan.

Bungacha Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan.

Shu bilan birga, yana to‘rt kishi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylangan. Bular:

•    Galina Aleksandrovna Zorkina – 9-sonli “Ajiniyoz” saylov okrugidan;
•    Qalbay Togayevich Navruzov – 46-sonli “Ketenler” saylov okrugidan;
•    Rustam Tursinboyevich Saparbayev – 18-sonli “Janbasqala” saylov okrugidan;
•    Suyeubay Aliyevich Yeshanov – 62-sonli “Qorao‘zak” saylov okrugidan;


Maqola muallifi

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing