Antikorrupsiya agentligi QALAMPIR.UZ tanqidlariga javob berdi

Jamiyat

image

Yaqinda QALAMPIR.UZ sayti orqali “Amaldorlarning boyliklari xalqdan yashirilyaptimi?” nomli tahliliy-tanqidiy videomaterial e’lon qilingan edi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PF-6257-sonli Фармонида nazarda tutilgan “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan paysalga solinayotgani tanqid ostiga olingan edi.

Agentlik QALAMPIR.UZ’ga davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini joriy etish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni ochiqladi.

Unga ko‘ra, 2021 yilning avgust-sentyabr oylarida qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy sud, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan dastlabki va idoraviy kelishuvlardan o‘tkazilib, ularning takliflari asosida takomillashtirilgan.

Qonun loyihasi 2021 yil 13 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Loyiha belgilangan tartibda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali (ID-49841) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan.
Shundan so‘ng qonun loyihasi 2021 yilning 1 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan”, deyiladi Agentlikning QALAMPIR.UZ’ga ochiqlagan ma’lumotlarida.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Qonun loyihasi 2021 yil 20 sentyabr kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali (ID-47909) Adliya vazirligiga kiritilgan.

“2021 yil 15 oktyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan ushbu loyihani takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar bilan xulosa berilgan. 2021 yil 4 noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan berilgan takliflar inobatga olinib, loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali (ID-47909) qayta kiritilgan”, deyilgan xatda.

2021 yil 10 noyabr kuni esa belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan qonun loyihasi qabul qilinishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa ham olingan.

“2021 yil noyabr va 2022 yil oktyabr oylarida qonun loyihasi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlanib, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yishga ruxsat olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi”, deya qo‘shimcha qilinadi Antikorrupsiya agentligi xatida.

Qolaversa, Agentlik kelgusida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini joriy etish sohasidagi masalalar, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar haqida tahririyat bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

deklaratsiya Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi amaldor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing