Alvares Messidan uzr so‘radi

Sport

image

Boks bo‘yicha Jahon chempioni meksikalik Saul Alvares Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messidan uzr so‘radi.

26 noyabr kuni Meksika terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati guruh bosqichida Argentina terma jamoasiga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. O‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Messini kiyim almashtirish xonasida Meksika terma jamoasi  libosini bexosdan tepib yuborgani aks etgan video tarqaldi. 

Mazkur holatga Alvares “Messi bizning bayroq tushirilgan formamizda pol artganini ko‘rib qoldim. Men uni topolmasligimni Xudodan o‘tinib so‘rasin", deb o‘z munosabatini bildirdi.

Kecha, 30 noyabr kuni meksikalik bokschi o‘z Twitter sahifasida argentinalik futbolchidan uzr so‘radi.

"Oxirgi kunlarda kuchli his-tuyg‘ular va vatanimga bo‘lgan muhabbat tufayli o‘zimda bo‘lmay qoldim va noo‘rin gaplarni aytdim, shuning uchun Messi va Argentina xalqidan uzr so‘ramoqchiman", - deb yozdi Alvares.

Ma’lumot uchun, Alvares 32 yoshda, u 76,2 kg vazn toifasida professional bokschilar o‘rtasida mutlaq Jahon chempioni hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Alvares

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing