Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Allamjonovning xodimlari oqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasddan so‘ng jamoat tartibini buzganlik aybloviga ko‘ra 15 sutkaga qamoqqa olingan yetti nafar fuqaroning ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida taftish tartibida ish ko‘rib chiqildi va sud qarori e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, bugun, 21 fevral kuni Oliy sudda taftish tartibida ko‘rilayotgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblangan B. Yoqubov va boshqalar (jami 7 kishi)ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud qarori e’lon qilingan. 

E’lon qilingan sud qaroriga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli bo‘lmaganligi sababli, B. Yoqubov, S. Siddikov, A. Qurbonmurodov, A. Toshov, A. Salimov, J. Turg‘unov va X. Zufarovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 1-bandiga asosan tugatildi.   

Allamjonovga qasd qilganlar jazosini oldi north_east

Allamjonovga qasd qilganlar jazosini oldi

“Ish yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillarni to‘plash choralarini ko‘rmagan IIB xodimiga nisbatan Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek ishni sudda ko‘rib chiqishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli emasligiga e’tibor bermagan sudyalarga nisbatan Sudyalar malaka hay’atiga xususiy ajrimlar chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirildi”, deydi Oliy sud voizi. 

Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni soat 9:30 da Komil Allamjonovga suiqasddan so‘ng jamoat tartibini buzganlik aybloviga ko‘ra 15 sutkaga qamoqqa olingan yetti nafar fuqaroning ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida taftish tartibida ochiq sud majlisi o‘tkazishi xabar qilingandi. Biroq sud majlisi 23 yanvar kuniga qoldirildi. 2024 yil 26 oktyabrda ma’muriy javobgarlikka tortilgan yetti nafar fuqaroning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Davronbek Saidov Komil Allamjonov xodimlarini himoya qilishga harakat qilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Komil Allamjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing