Komil Allamjonov Vaşington universiteti prezidenti bilan uçraşdi
O‘zbekiston
−
17:39 437 1 daqiqa
Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining şartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatçisi, Prezident Administratsiyasining AQŞdagi vakili Komil Allamjonov Jorj Vaşington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uçraşdi. Bu haqda Allamjonov özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Jorj Vaşington universitetining Maslahat kengaşi yiğilişida oliygoh prezidenti Ellen Granberg bilan yana uçraşganimdan mamnunman. Sun’iy intellekt davrida oliygohning kelajagi va yangi rivojlaniş strategiyasi yuzasidan mazmunli fikr almaşdik.
Dunyoning yetakçi ilm-fan markazlaridan birida kengaş a’zosi sifatida uning istiqboliga hissa qöşiş men uçun şaraf”, deydi Allamjonov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Komil Allamjonov AQŞ Prezidentining maxsus yordamçisi, Milliy xavfsizlik kengaşining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça katta direktori Maykl Jerimayya bilan uçraşgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr