Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov AQSH Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Maykl Jerimayya bilan uchrashdi. Bu haqda Komil Allamjonov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Qator muhim tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni muhokama qildik. Xususan, AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, Samarqanddagi “C5+1” uchrashuvi hamda Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashdik”, deydi Komil Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio joriy yilning 17-22 oktyabr kunlari Samarqand (O‘zbekiston), Mumbay (Hindiston) va Jamnagar (Hindiston) shaharlariga tashrif buyurishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. 

AQSH Davlat kotibi C5 guruhiga kiruvchi barcha mamlakatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasining yuqori lavozimli rasmiylari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Ushbu tashrif davomida Rubio 200 dan ortiq biznes yetakchilaridan iborat AQSH tijorat delegatsiyasiga boshchilik qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing