Alijonovning jarohat olgani rad etildi
Sport
−
10 yanvar
2663Ijtimoiy tarmoqlarda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov jarohati sabab 2 kundan keyin Qatar yashil maydonlarida start oladigan Osiyo kubogida jamoasiga yordam bera olmasligi haqida xabarlar tarqaldi, biroq terma jamoa tibbiy shtabi ushbu ma’lumotni rad etdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Matbuot va media departamenti rahbari Davron Fayziyevga ko‘ra, o‘ng qanot himoyasida harakatlanadigan Alijonov rejaga muvofiq jamoadoshlari bilan musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda va mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etyapti.
Qayd etish joiz, 13 yanvargacha terma jamoa tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoa sardori Eldor Shomurodov ham jarohati bois Osiyo kubogida qatnashmasligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi