Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Aliyev Ukraina uchun 1 mln dollar ajratdi

Olam

image

Bugun, 5 fevral kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun bir million dollar mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu mablag‘lar Prezidentning zaxira jamg‘armasidan Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan elektr jihozlarini xarid qilish va jo‘natish uchun ajratilgan. 

“Ozarbayjon Respublikasi Energetika vazirligiga mamlakatning 2025 yilgi davlat byudjetida nazarda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining zaxira jamg‘armasidan Ukrainaga insonparvarlik yordami ko‘rsatish maqsadida Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan elektr jihozlarini xarid qilish va jo‘natish uchun 1 million dollar mablag‘ ajratilsin”, deyiladi farmonda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, Ozarbayjon Respublikasi insonparvarlik tamoyillariga tayangan holda dunyoning ko‘plab davlatlariga ikki tomonlama va ko‘p tomonlama asosda insonparvarlik yordamini ko‘rsatib kelmoqda.

“Ukrainadagi so‘nggi vaziyat munosabati bilan Ozarbayjon hukumati Ukraina xalqiga bir necha bor insonparvarlik yordami jo‘natgan”, deyiladi farmonda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH hukumatidagi ichki munozaralar natijasida yuzaga kelgan vaqtinchalik tanaffusdan so‘ng, Tramp ma’muriyati Ukrainaga qurol yetkazib berishni qayta boshlagani haqida xabar berilgandi. Yetkazib berishlar o‘tgan dam olish kunlari, ya’ni 1-2 fevral kunlari qayta boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing