Aliyev Putindan uzr so‘radi. U qurbonlar uchun tovon to‘lamoqchi

Olam

image

Kecha, 9 noyabr kuni Armaniston va Ozarbayjonning chegara hududida Rossiya Qurolli kulariga tegishli Mi-24 vertolyoti urib tushirilgani haqida xabar bergan edik. Oradan ko‘p o‘tmay, Armaniston Ozarbayjon tomoni Rossiyaning Mi-24 vertolyotini urib tushirgani aks etgan suratlarni e’lon qildi. Rasmiy Baku esa Rossiya vertolyotini urib tushirganini tan oldi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putindan Mi-24 vertolyoti urib tushirilgani bois uzr so‘radi. 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mamlakat rahbari Aliyev Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilgan. 

Ilhom Aliyev Ozarbayjon-Armaniston chegarasining Naxchivan qismidagi Rossiya havo kuchlarining urib tushirilgan vertolyoti bilan bog‘liq fojia munosabati bilan hamdardlik bildirgan.  

Davlat rahbari qorong‘ulikda Rossiyadan Mi-24 vertolyoti Armaniston havo kuchlari vertolyoti bilan adashtirilgani aytib, fojiali voqea uchun Putindan uzr so‘ragan. 

Ozarbayjon rahbari, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligini bildirgan. Jarohat olgan uchuvchining tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.  

Ozarbayjon Prezidenti shuningdek, ozarbayjon tomoni halok bo‘lgan va jarohat olgan uchuvchilarning oilasiga tovon to‘lashga tayyorligini bildirgan. 

Prezident Ilhom Aliyev Prezident Vladimir Putinga Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani, tergov olib borilayotgani haqida axborot bergan. Uning urg‘ulashicha, Mi-24 ning urib tushirilishida aybdorlar jazolanadi va bu haqda Rossiya tomoniga xabar beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, vertolyot halokatida ikki kishi halok bo‘ldi va bir nafari o‘rta og‘irlikda jarohatlandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev

Baholaganlar

454

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing