Aliyev Qozog‘istonga keldi (video)
Olam
−
21 Oktabr 4545 1 daqiqa
Kecha, 20 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi. Bu haqda Ozarbayjon rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uni Ostona aeroportida Qozog‘iston Prezidentining shaxsan o‘zi – Qosim-Jomart To‘qayev katta tantana bilan kutib olgan.
Bugun, 21 oktyabr kuni ikki davlat yetakchilari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi, shuningdek, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Oliy Hukumatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi tashkil etiladi.
Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishni rejalashtirilgan.
Avgust oyida Qozog‘iston Prezidenti Ozarbayjon rahbari bilan telefon orqali suhbatlashgan edi. To‘qayev Aliyevni Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasining imzolanishi bilan tabriklagan. Mazkur kelishuv 9 avgust kuni Vashingtonda imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilhom Aliyev Qozog‘istonga davlat tashrifi oldidan “Kazinform” agentligiga bergan intervyusida Qozog‘iston va Ozarbayjon chinakam strategik va ittifoqchi sheriklik munosabatlarini o‘rnatgani haqida gapirgan edi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, yuqori darajada olib borilayotgan va barcha darajadagi davlatlararo aloqalarni har tomonlama chuqurlashtirishga turtki bo‘layotgan faol va konstruktiv muloqot ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim omil hisoblanadi.
Live
Barchasi