Aliyev Qorabog‘da urushni to‘xtatishga tayyorligini aytdi

Olam

image

Armaniston bosib olgan hududlarini ozod qilish majburiyatini olsa, Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “La Repubblica” italyan nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Jurnalist rasmiy Baku Italiya gaz va neft yetkazib beruvchi birinchi darajali hamkor ekanini aytgan. U shuningdek, Qorabog‘dagi urush hamkorlikka ta’sir qilmaydimi, deb savol bergan.

O‘z navbatida, Aliyev bunday deb o‘ylamasligini aytgan.

“Birinchidan, men urush qanchalik tez tugasa, shuncha yaxshi deb o‘ylmayman. Biz shunday taklif bildirdik va u juda maqbul edi. O‘tgan bir oydan oshiq vaqtda men bir necha marta aytdim va yana takrorlayman, agar Armaniston Bosh vaziri (Nikol Pashinyan) hududning qolgan qismini ozod qilish majburiyatini olsa, biz bugunoq to‘xtashga tayyormiz”, degan Aliyev.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Pashinyan bunday majburiyatni olmagan. Aliyev BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi tamoyillariga ko‘ra, avval Armaniston beshta, so‘ngra yana ikkita rayondan chiqib ketish zarurligini eslatdi.

“Biz bir tomonlama tartibda to‘rtta rayonni ozod qildik. Shu bois Pashinyan Ag‘dam, Kelbejar, Lochin rayonlarining bosib olingan hududlaridan qo‘shinlar chiqarilishini aytishi kerak. Ammo u bunday bayonot bermayapti. Bu uning urush to‘xtashini istamayotganini anglatadi”, degan Aliyev.

Tog‘li Qorabog‘ mojarosi

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlik avj olgandan keyin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Pashinyan bilan muloqot qilib, masalani tinch yo‘l bilan hal etishni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuch va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdo‘g‘an turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlashini eslatdi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyat ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhining hamraisi. 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQSH, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida qo‘shma bayonot e’lon qildilar.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing