Alisher Usmonovning jiyani “Everton” rahbariyatidan ketdi 

Sport

image

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovning jiyani Sarvar Ismoilov Angliyaning “Everton” klubi direktorlar kengashidan iste’foga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Qaror Ismoilov tomonidan qabul qilingan va darhol kuchga kiradi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

26 yoshli mutaxassisning “irislar”dan ketishiga “shaxsiy va tibbiy omillar” sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Ismoilov ayollar jamoasida ijrochi, sport va tijorat direktori lavozimidan ham ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sarvar Ismoilov joriy yil “Everton” direktorlar kengashi a’zosi etib tayinlangan va o‘tgan yili ayollar jamoasida ham o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Ma’lumot uchun, milliarder Alisher Usmonov liverpulliklarning hamkori va klub egasi Farhod Moshirining yaqin do‘sti hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov APL Everton USM Sarvar Ismoilov Farhod Moshiri

Baholaganlar

547

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing