Alisher Usmonov bergan 10 million dollar aholiga qay tarzda tarqatilishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. Ushbu uchrashuv davomida suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalariga 40 million so‘mlik moddiy yordam berilishi ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.

Ushbu xayriya mablag‘iga Alisher Usmonov ajratgan 10 million dollar ham yo‘naltirilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyatiga ko‘mak uchun hokimliklar, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda tadbirkorlar ham yordam ko‘rsatgan.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda qatnashgan sardobaliklarga tegishli sertifikat va bank kartochkalari tarqatildi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov Sardoba suv toshqinida zarar ko‘rgan Qozog‘iston va O‘zbekistonga jami 15 million dollar ajratdi. Ushbu moddiy yordamni o‘ziga tegishli qismini Qozog‘iston aholisi o‘rtasida taqsimlashga kirishgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Sardoba suv ombori

Baholaganlar

848

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing