Alisher Navoiy universitetida talaba o‘z kursdoshiga shahvoniy shilqimlik qildi
3-sahifa
−
11:44 8317 1 daqiqa
Toshkent shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi universitetda talaba yigit o‘z kursdoshiga shahvoniy shilqimlik qildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hujjatiga ko‘ra, yigit joriy yilning 13 may kuni soat 18:27 da universitetda qiz kursdoshiga nisbatan shahvoniy bezorilik (nojoiz va uyatsiz so‘zlar bilan murojaat qilish) harakatlarini sodir etgan. U kursdoshiga “quchog‘ingda joy bo‘lsa, men ham boray” degan mazmunda shahvoniy shilqimlik qilgan. Qiz darhol 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, kursdoshiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘ragan.
Ayblanuvchi esa sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishidan afsusda ekanini va bunday holat qayta takrorlanmasligini aytgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakassaroy tuman sudi 15 may kuni ochiq sud majlisida 2005 yilda tug‘ilgan talabani Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-modda (shayhvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topgan.
Sud qaroriga ko‘ra, yigitga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida – 1 236 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida Telegram orqali voyaga yetmagan o‘quvchi qizga jinsiy mazmundagi xabarlar yuborgan 39 yoshli maktab direktori 5 sutkaga qamalgandi.
Live
Barchasi