Aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak uyining yerto‘lasidan topildi

3-sahifa

image

Surxondaryoda farzandlariga aliment to‘lamagani uchun ikki yil oldin qidiruvga berilgan ota uyining yerto‘lasidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  

Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati  Angor tumanida yashovchi fuqaro 2019 yil yanvar oyida turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan so‘ng, sud buyrug‘iga asosan voyaga yetmagan 3 nafar farzandiga aliment to‘lashi belgilangan. Ammo ota hozirgi kunga qadar aliment to‘lashdan bosh tortib kelgan.

MIBning Angor tuman bo‘limi davlat ijrochisi qarzdorning yashash manziliga borib, yaqinlariga ijro ishi haqida tushuntirish bergan. Xonadondagi qoramolni xatlovga olish jarayonida qoramoldan ayrilishni istamagan xonadon egalari qarzdor uyning yerto‘lasiga yashirinib olganini aytgan.

Qarzdor ota ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudida ko‘rib chiqilib, unga 51 mln so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi sabab 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq aliment to‘lashdan qochib yurgan namanganlik erkak Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidan topilgandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing